Iqtidorli jurnalist, Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi matbuot kotibi sifatida ishlagan Ayjamal Joldasbayevaning bevaqt vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirilmoqda. U 27 yoshida vafot etdi, yaqinlarining feysbukda yozishicha unda homiladorlik davri og‘ir kechgan.
U maʼlum muddat o‘lik homila bilan yurgan va bola olinganidan keyin uning ahvoli og‘irlashib, dastlab Taxtako‘pir tumanidagi kasalxonaga yetkazilgan. 3 kun avval Nukus shahridagi tez yordam shifoxonalaridan biriga olib borilgan va o‘sha yerda vafot etgan. Uning 2 yoshga to‘lmagan o‘g‘il farzandi bor.
Eslatib o‘tamiz, Ayjamal Joldasbayeva 1997 yil 23 yanvarda Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumanida tug‘ilgan. 2014 yilda Zulfiya mukofoti bilan taqdirlangan.


