1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ka’bada suratga tushish taqiqlangani haqidagi xabarlar rad etildi

Rasmiy idoralar hech qanday yangi cheklov kiritmagan.

Ka’bada suratga tushish taqiqlangani haqidagi xabarlar rad etildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Haj mavsumi davomida Masjidul Haram va Masjidun Nabaviy ichida rasm va video olish “butunlay taqiqlangan”ligi haqidagi xabarlar tarqaldi. Biroq ushbu xabarlar mutlaqo asossiz boʻlib, feyk ma’lumot hisoblanadi. Bu haqda The Islamic Information portali xabar berdi.

 

Haj va umra bilan shug‘ullanuvchi muassasalar yoki boshqa biror davlat idorasi bunday taqiq haqida rasman e’lon qilmagan. Suratlarga oid cheklov mavjudligi to‘g‘risidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlardagi tekshirilmagan akkauntlardan tarqalgan.

 

Rasmiy manbalarga ko‘ra, muqaddas maskanlarda suratga tushish bo‘yicha hech qanday yangi cheklovlar kiritilmagan. Amalda mavjud bo‘lgan tartib — ibodat qilayotganlarni hurmat qilish, tartib-qoidalarni saqlash va boshqalarni bezovta qilmaslik — barcha mavsumlarda amal qilmoqda, xususan Haj, Umra va Ramazon davrida ham.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика