1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Kadastri yo‘qligi uchun 3 karra soliq qo‘llash tartibi to‘xtatildi

Prezident bu bo‘yicha mutasaddilarga yangi qonun ishlab chiqishni topshirdi.

Kadastri yo‘qligi uchun 3 karra soliq qo‘llash tartibi to‘xtatildi

 

Bugun, 18-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ekin yerlari va tomorqadan samarali foydalanish orqali oziq-ovqat yetishtirishni va aholi daromadlarini ko‘paytirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.


Yig‘ilishda kadastr qilinmagan aholi xonadonlari masalasiga to‘xtalib o‘tilgan. Ma’lum qilinishicha,  2 million 600 mingta uylarning kadastr hujjatlari mavjud emas.


Ushbu aholi tomorqa uchun kredit, subsidiya hamda uy-joyini kengaytirishga ipotekadan foydalana olmayotgani haqida Xalq qabulxonalariga murojaatlar tushmoqda. Ustiga ustak, kadastri bo‘lmagani uchun yer solig‘i 3 karra miqdorda hisoblanmoqda.
Shu bois Adliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi, Kadastr agentligiga bir hafta muddatda ishchi guruhlarini shakllantirib, ishlarni boshlash topshirilgan. 


Ishchi guruhlari 1 oktyabrga qadar mahallabay kadastr hujjati bo‘lmagan xonadonlarning elektron ro‘yxatini shakllantiradi. Uy-joyga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etishga asos bo‘luvchi hujjatlarni to‘playdi va elektron bazaga kiritadi.


Mutasaddilarga respublikaning barcha hududlarida kadastri yo‘q xonadonlar masalasini uzil-kesil hal qilish uchun alohida qonun loyihasini ishlab chiqib, muhokamaga kiritish vazifasi qo‘yildi.


Yangi qonun qabul qilinguniga qadar bu uy-joy egalariga uch karra oshirilgan soliq qo‘llash to‘xtatib turishga qaror qilindi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика