1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Kaliforniyada uysiz erkak samolyot o‘g‘irladi

Samolyot narxi 150 ming dollarga baholangan.

Kaliforniyada uysiz erkak samolyot o‘g‘irladi

 

Kaliforniyalik uysiz erkak 150 ming dollarlik shaxsiy samolyotni olib qochdi va uni mahalliy plyajga qo‘ndirdi.

 

Fevral oyi boshida 50 yoshli erkak Palo-Alto aerodromiga kirib, bir dvigatelli Amerisan Champion samolyotini ishga tushirishga va havoga ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi va uni qisqa parvozga olib chiqdi. Shundan so‘ng o‘g‘ri San-Fransisko janubidagi Half Moon ko‘rfazidagi plyajga qo‘ndi va ko‘p o‘tmay qo‘lga olindi.

 

Hibsga olingan shaxs tergovchilarga aeroportlardagi xavfsizlik muammolarini rasmiylarga bildirish uchun samolyotni olib qochganini aytdi. Qo‘lga olish chog‘ida undan boshqa birovning shaxsiy guvohnomalari topilgan. Natijada ayblanuvchi 10 ming dollar garov evaziga ozod qilingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика