Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda voyaga yetmagan bola "Cobalt" avtomashinasini boshqarayotgani aks etgan video tarqaldi.
O’rganishlar jarayonida mashinani 16 yoshli bola boshqargani ma’lum bo’ldi.
"Kalitni onamdan oldim, avtomashinani soya joyga qo‘yib qo‘ymoqchi edim. Noto‘g‘ri ish qildim, boshqa qaytarilmaydi", – dedi avtomashinani boshqargan maktab o‘quvchisi.
Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmagan shaxsning onasiga nisbatan MJtKning 47-moddasi (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) hamda 135-moddasi (Yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi) bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yildi.


