1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Kambojada kalamush sharaf bilan dafn etildi

U bir necha mukofotlarga ham sazovor bo‘lgan. Kemiruvchiga shuncha e’tiborning sababi nima?

Kambojada kalamush sharaf bilan dafn etildi


Kombojada Magava laqabli kalamush tantanali dafn qilindi. Hali 9 yoshga kirmagan kemiruvchi minalarni topishga o‘rgatilgan edi. Bu haqda AP News xabar qilmoqda.

 

Kalamushlar  ideal sapyorlardir. Ular itlardan yengil, shu sababli minani bosib portlatish xavfi past. Buning ustiga, kalamushlarning hid bilish qobiliyati nozikroq va ular tezroq harakatlanadi. 

 

Dunyoda kalamushlarni mina va snaryadlarni topishga o‘rgatish bilan shug‘ullanuvchi bir nechta tashkilot mavjud. 

 

Magava 2014-yilda Tanzadiyada tug‘ilgan. 5 yillik "xizmat faoliyatida" u 20 ta futbol maydoniga teng hududni zararsizlantirgan. U 100 dan ortiq mina topgan. Shu paytgacha bu rekord birorta kalamush sapyor tomonidan yangilanmagan. 

 

Ikki yil oldin Magavaga PDSA Gold Medal unvoni berilgan. Bu Britaniyaning  oliy mukofoti Georgiy xochiga teng mukofot bo‘lib, shu paytgacha bironta kemiruvchi uni "panjasiga kiritmagan".

 

Avvalroq och qolgan bo‘rsiq Rim imperiyasiga tegishli tangalarni topib olgani haqida xabar bergan edik.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика