Kamchatka qirg‘oqlari yaqinida Rixter shkalasi bo‘yicha 7,7 balli zilzila qayd etildi. Yer silkinishi mahalliy vaqt bilan 10:42 da qayd etilgan, uning episentri taxminan 47 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Mintaqada sunami xavfi eʼlon qilindi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi balandligi 120 santimetrgacha bo‘lgan to‘lqinlar hosil bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirgan. Eng katta xavf Mayachniy burni va Xalaktirskiy plyajida kutilmoqda. Aholiga dengizga yaqinlashmaslik va qirg‘oqbo‘yi hududlarini vaqtincha tark etish tavsiya etiladi.
Mutaxassislarning fikricha, seysmik faollik Kamchatka o‘lkasining bir qator aholi punktlarida sezilgan. Petropavlovsk-Kamchatskiy va Vilyuchinskiy shahar tumanlarining ayrim hududlarida yer silkinishlarining intensivligi olti ballga yetgan.


