Rossiyaning Kamchatka yarimorollari hududida bir soat ichida ketma-ket uchta yer silkinishi qayd etildi. Bu haqida Rossiya Fanlar akademiyasi Yagona geofizika xizmatining Kamchatka filiali xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, kecha tunda mahalliy vaqt bilan 19:24 dan 20:32 gacha 5 balldan 6.2 ballgacha bo‘lgan magnitudali zilzila yuz bergan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi bosh boshqarmasi matbuot xizmatiga ko‘ra, 1 avgustdan 2 avgustgacha yarimolda kuchli zilziladan so‘ng so‘nggi 24 soat ichida 3,5 dan 6,7 ballgacha bo‘lgan 120 ga yaqin yer silkinishlari qayd etilgan.


