1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Kanada bosh vaziri Ottavadan ketganidan so‘ng birinchi marta ko‘rinish berdi

Jastin Tryudo parlamentning norozilik namoyishlarga bag‘ishlangan yig‘ilishida qatnashdi.

Kanada bosh vaziri Ottavadan ketganidan so‘ng birinchi marta ko‘rinish berdi

 

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo Ottavadan ketganidan so‘ng birinchi marta omma oldida ko‘rinish berdi. U mamlakatda davom etayotgan yuk mashinasi haydovchilari namoyishiga bag‘ishlangan parlament yig‘ilishida shaxsan qatnashdi.

 

27-yanvar kuni u bolalaridan biri koronavirusga chalinganidan so‘ng karantinga kirgan edi. Keyinroq u o‘z xavfsizligi uchun poytaxtni tark etgan edi. Bu orada Tryudo koronavirusga chalindi.

 

Parlament yig‘ilishida bosh vazir Ottavadagi namoyishlarni tugatish kerakligi ular iqtisodiyot va fuqarolarning odatiy hayotiga salbiy taʼsir o‘tkazadi. U odamlar “o‘z hududida taʼqib qilinishga” loyiq emasligini aytdi.

 

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo Ottavadagi qarorgohini 30 yanvar kuni tark etgandi. Kanada poytaxtida 23-yanvardan beri “Ozodlik kolonnasi” shiori ostida yuk mashinasi haydovchilari namoyishi bo‘lib o‘tmoqda. Ular koronavirusga qarshi cheklovlardan norozi. Ottava meri Jim Uotson shaharda favqulotda holat rejimini joriy etdi.

 

Bir necha kun oldin yuk mashinalaridan biri namoyishchilar ustiga bostirib borgan. Natijada bir necha kishi jabrlangan.

 

Sharofat Mahmudova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика