Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo shanba kuni oldindan eʼlon qilinmagan tashrif bilan Kiyevga keldi. Ukraina safarida hukumat rahbariga moliya vaziri Xristya Friland hamrohlik qilmoqda.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyevda Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo bilan uchrashgani hamda bir qator masalalar muhokama qilinganini maʼlum qildi.
«Rossiyaning xalqimizni sindirish uchun barcha urinishlariga qaramay, ukrainaliklar mustaqillik va ozodlik uchun kurashni davom ettirmoqda. Va bizning g‘alabamizda biz hayot va odamlarni himoya qilish yo‘limizdagidek birga bo‘lamiz», — deya yozib qoldirgan Ukraina prezidenti.
Hozircha ikkala tomon ham tashrif tafsilotlari haqida maʼlumot bermagan.


