Kanada hukumati 28-fevraldan boshlab barcha ommaviy mobil qurilmalarda TikTok ilovasidan foydalanishni taqiqladi. Avval o‘rnatilgan ilovalar o‘chirib tashlanadi.
“Kanadaning Bosh Axborot direktori TikTok maxfiylik va xavfsizlikning qabul qilib bo‘lmaydigan darajasiga olib kelishini aniqladi”, — deyiladi bayonotda
Ilova vakilining taʼkidlashicha, Kanada hukumati tomonidan chiqarilgan qaror qurilmalarda TikTokʼni blokirovka qilish to‘g‘risida hech qanday aniq xavfsizlik muammolarini ko‘rsatmasdan hamda Yevropa Ittifoqi va AQSHda shunga o‘xshash taqiqlar kiritilgandan so‘ng qabul qilingan.


