
"Kanada 40 ming afg‘onistonlik qochqinlarni qabul qiladi. Biz boshqa davlatlarni ham qochqinlarni xavfsiz joylashtirish bo‘yicha harakatlarni faollashtirishga chaqiramiz", — degan siyosatchi Twitter sahifasida.
Shuningdek, bosh vazir Ottava faqat o‘z harbiylariga yordam bergan qochqinlarni emas, mamlakat gumanitar dasturlariga mos keladigan afg‘onlarni ham qabul qiladi, degan.
Avgust oxirida Kanada immigratsiya masalalari vaziri Marko Mendichino mamlakat 5 ming afg‘on qochqinlarini qabul qilishini maʼlum qilgandi. Bundan oldin Ottavaning o‘zi 3.7 ming afg‘onistonlikni evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘lgan. So‘nggi ikki oyda Qatarga yana 100 dan ortiq Kanada fuqarolari va qochqinlar olib kelingan.
17-avgustdan boshlab Afg‘onistondan 100 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilingan. Xususan, birgina AQSHning o‘zi 60 ming kishini olib chiqib ketgan. Vashington 7-oktabrdan boshlab evakuatsiya jarayonlarini qayta tikladi.
Bundan avval Jozef Baydenni qutqargan tarjimon Afg‘onistonni tark etishga muvaffaq bo‘lgani va Erdo‘g‘an Afg‘oniston bo‘yicha ishchi guruh tuzishni taklif qilgani xabar qilingandi.


