Kanada Ukrainadagi vaziyat tufayli avvalroq Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarga qo‘shimcha ravishda mingga yaqin rus fuqarolari, jumladan, prezident Vladimir Putin uchun mamlakatga kirishni taqiqladi. Bu haqda mamlakat jamoat xavfsizligi vaziri Marko Mendisino xabar qildi.
Vazirning ta’kidlashicha, Kanada bunday qiyin paytda Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.
Bunga javoban Moskva kanadalik siyosatchilar va hukumat amaldorlari, xususan, Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo va tashqi ishlar vaziri Melani Joli uchun Rossiya Federasiyasiga kirishini yopdi.


