Kanadada Liberal partiya yetakchisi lavozimiga sobiq Markaziy bank rahbari Mark Karni saylandi. U 85,9 foiz ovoz bilan sobiq moliya vaziri Xristiya Frilendni ortda qoldirdi. Ushbu qaror Justin Tryudoning isteʼfosidan keyin mamlakat siyosatida muhim burilish yasashi kutilmoqda.
Mark Karni AQSH Prezidenti Donald Trampning Kanadaga nisbatan iqtisodiy tahdidlariga javob berishini taʼkidladi. U Kanadaning mustaqilligi va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishga vaʼda berdi. Tramp tomonidan qo‘llanilgan savdo sanksiyalariga nisbatan keskin chora ko‘rishini maʼlum qildi.
Karnining asosiy maqsadi – mamlakatda iqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish va iqtisodiy inqiroz sharoitida kuchli siyosiy yetakchilik ko‘rsatish. U yaqin kunlarda parlament saylovlarini eʼlon qilishi kutilmoqda, bu esa uning lavozimini rasmiy mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ladi.


