Kanadaning Vinnipeg shahrida avtomobilning namoyishchilar ustiga bostirib borishi oqibatida 4 kishi jabrlandi. Ular koronavirus cheklovlariga qarshi namoyishga chiqqan edi, deb xabar bermoqda CTV telekanali.
Xabarda aytilishicha, oq yuk mashinasi aksiya ishtirokchilari ustiga bostirib borgan. Odamlarga hujum qilgandan so‘ng mashina katta tezlikda voqea joyidan qochib ketgan.
Jarohatlanganlardan biri og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Haydovchi qo‘lga olingan.
Avvalroq Kanadada yuk mashinasi haydovchilari koronavirus cheklovlariga qarshi namoyish qilayotgani haqida xabar berilgan edi. Ular Ottavani dunyodagi eng yirik avtoturargohga aylantirishgan.


