1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Kanalizatsiya chuquri o‘pirilishi oqibatida fuqaro tuproq ostida qoldi

Toshkent shahar FVB Mirzo Ulug‘bek tumani sodir bo‘lgan voqea tafsilotlari haqida maʼlumot berdi.

Kanalizatsiya chuquri o‘pirilishi oqibatida fuqaro tuproq ostida qoldi

 

Kecha, 9-iyul kuni soat 19:13 larda Mirzo Ulug‘bek tumani, Oltintepa ko‘chasida joylashgan xonadonlarning birida fuqaroning tuproq ostida qolib ketgani bo‘yicha Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.  

 

Qayd etilishicha, uy egalari tomonidan kanalizatsiya quvurini taʼmirlash maqsadida qazilgan chuqur o‘pirilgan hamda bir fuqaro tuproq ostida qolgan.

 

Shunga ko‘ra, zudlik bilan olib borilgan harakatlar natijasida fuqaro xavfsiz joyga olib chiqilgan hamda tez tibbiy yordam xizmati xodimlariga topshirilgan. 

 

Maʼlum qilinishicha, ayni vaqtda fuqaroning ahvoli yaxshi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика