Kanar orolidagi plyajda o'lik holda topilgan kitning tanasi yorib ko`rilganda, uning ichaklarida qimmatbaho xazina topildi deya xabar bermoqda The Guardin.
Keltirilishicha, Las-Palmas universitetining hayvonlar salomatligi va oziq-ovqat xavfsizligi instituti olimlari sohilda o'lik holda topilgan kitning nima uchun o'lganini aniqlashga qaror qilgan. Shundan so'ng bir guruh mutaxassislar tomonidan kit yorib ko'rilganda ovqat hazm qilish tizimida diametri 50-60 sm, og'irligi 9,5 kg bo'lgan tosh topilgan.
Ta'kidlanishicha, tosh ambergris - ko'pincha suzuvchi oltin deb nomlanuvchi noyob modda bo'lib, asrlar davomida parfyumerlarning muqaddas g'ilofi bo'lib kelgan.
Hozirda toshning taxminiy qiymati 500 ming yevroga baholanmoqda.


