1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Kanun” to‘fonidan so'ng Primorye daryolari suvi pasayishda davom etmoqda

Hozirda 200 ga yaqin uy suv ostida qolgan.

“Kanun” to‘fonidan so'ng Primorye daryolari suvi pasayishda davom etmoqda

 

Primoryeda "Kanun" to‘foni sababli suv toshqini pasayishda davom etmoqda. Viloyat daryolarida suv sathi pasayib bormoqda. Hozirda 200 ga yaqin uy suv ostida qolgan.

 

Shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, hozirda faqat ikkita qishloq bilan transport aloqasi mavjud emas. Spassk-Dalniy va Oktyabr tumanlarida qutqaruvchilar hududni tozalashda davom etmoqda — ular uylardan chiqindi va shikastlangan mebellarni olib chiqishmoqda. 200 ta uyning yerto‘lasidgi suv allaqachon bartaraf etilgan.

 

Suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilayotgan bir paytda 150 dan ortiq kishi vaqtinchalik yashash joylarida, jabrlanganlarning aksariyati esa qarindoshlarinikida yashamoqda. Ularga nafaqat qutqaruvchilar, balki ko‘ngillilar ham yordam bermoqda. Ko‘ngillilar Primoryening turli mintaqalaridan oziq-ovqat, kiyim-kechak, choyshab va gaz plitalarini olib kelishadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика