1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Karl III‘ning toj kiyish marosimida 52 kishi hibsga olindi

Ular orasida monarxiyaga qarshi “Respublika” guruhi rahbari ham bor.

Karl III‘ning toj kiyish marosimida 52 kishi hibsga olindi

 

Politsiya Londonda Karl III‘ning toj kiyish marosimida jamoat tartibini saqlash vaqtida 52 kishini hibsga oldi. Bu haqda “Skotland-Yard” politsiya mahkamasining matbuot xizmati xabar berdi.

 

“Bezorilik, tartibbuzarlik, osoyishtalikni buzish va jinoyatni amalga oshirish maqsadida til biriktirish, diniy haqorat, noqonuniy ravishda pichoq olib yurish kabi jinoyatlar sodir etganliklari uchun jami 52 kishi qo‘lga olindi. Ularning barchasi vaqtincha hibsda saqlanadi”, — deyiladi xabarda.

 

Hibsga olinganlar orasida monarxiyaga qarshi “Respublika” guruhi aʼzolari, jumladan, uning rahbari Grem Smit va “Neftni to‘xtatish” jamoatga bo‘ysunmaslik kampaniyasining 18 aʼzosi bor.

 

Britaniyaning huquq himoyachilari politsiya harakatlarini haddan tashqari shafqatsiz va demokratiya uchun xavfli pretsedent yaratish, deb atadi.

 

“Sky News” telekanali maʼlumotlariga ko‘ra, Smit va “Respublika” guruhining besh aʼzosi politsiya ularni voqea joyidan zudlik bilan olib ketmasligi uchun mikroavtobusda faollar ustunlar, panjaralar va boshqa jihozlarga o‘zlarini bog‘lash uchun foydalaniladigan kishanlar va qalin simlar olib yurgani sababli qo‘lga olgan.

 

Eslatib o‘tamiz, shanba kuni London ko‘chalarini o‘n yarim ming politsiyachi qo‘riqladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика