1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Katanes yordamchilari O‘FAdan 350 ming yevro talab qilmoqda

O‘FA matbuot xizmati holatga munosabat bildirdi.

Katanes yordamchilari O‘FAdan 350 ming yevro talab qilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq murabbiylar shtabi aʼzolari FIFAning Nizolarni hal etish palatasiga murojaat qilib, O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi (O‘FA) ulardan 350 ming yevro qarzdor ekanligini bildirgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, sloveniyalik mutaxassislar bilan tuzilgan shartnomalar 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan bo‘lgan, biroq Fabio Kannavaro boshchiligidagi yangi murabbiylar shtabi tayinlanganidan so‘ng ushbu shartnomalar bekor qilingan.

 

O‘FA matbuot xizmatiga ko‘ra, milliy jamoaning sobiq bosh murabbiyi Srechko Katanesning yordamchilari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari avtomatik tarzda bekor qilingan. Bu ularning shartnomasida belgilangan bandga ko‘ra, bosh murabbiy bilan shartnoma tugatilgan taqdirda, uning yordamchilari bilan tuzilgan shartnomalar ham bekor qilinadi. Ular bu haqda rasmiy ravishda xabardor qilingan.

 

Taʼkidlanishicha, murabbiy yordamchilari bilan tuzilgan shartnomalardagi bunday shartlar FIFA va Sport arbitraj sudi (CAS) yurisdiksiyasida odatiy amaliyot hisoblanadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика