1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Katta yettilik” tashqi ishlar vazirlari Afg‘oniston masalasini muhokama qiladi

Yaponiya Tashqi ishlar aziri Tosimitsu Motegining maʼlum qilishicha, 8-sentyabr kuni “katta yettilik” davlatlari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

“Katta yettilik” tashqi ishlar vazirlari Afg‘oniston masalasini muhokama qiladi

 

 

Unda G-7 tashqi ishlar vazirlari uchrashadi. Motegi shuningdek, bu tadbirga Rossiya va Xitoy TIV rahbarlari ham taklif etilganini aytib o‘tgan. “Katta yettilik TIV darajasidagi uchrashuvi keyinga haftada o‘tkaziladi. Unda Rossiya va Xitoy vakillari ham ishtirok etadi”, degan u.

 

Uchrashuvning asosiy mavzusi Afg‘onistondagi vaziyat bo‘ladi

.

Avgust oyida Afg‘onistonda vaziyat keskinlashdi. 15-avgust kuni “Tolibon” tomonidan Kobul shahrining jangsiz egallanishi ortidan chet davlat fuqarolarini evakuatsiya qilish boshlandi. Afg‘onistondagi vaziyat bundan avval ham “katta yettilik” davlat rahbarlari tomonidan muhokama qilingan edi. Jumladan 24-avgust kuni G-7 yetakchilari Afg‘oniston masalasi, qochqinlar va “Tolibon” bilan aloqalar yuzasidan fikr almashgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика