1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Kelajak markazlari” maktab maslahatchilari uchun tanlov e’lon qildi

Yoshlarni kasbga yo‘naltirish va xalqaro oliygohlarga tayyorlash bo‘yicha mutaxassislar tanlov asosida saralanadi.

“Kelajak markazlari” maktab maslahatchilari uchun tanlov e’lon qildi

O‘zbekiston Ta’lim vazirligi huzuridagi “Kelajak markazlari” maktab maslahatchilari lavozimi uchun tanlov jarayonlarini boshlab yubordi. Tanlovda o‘quvchilar bilan samarali ishlash, ularni motivatsiya qilish va rivojlanishiga ko‘maklashish ko‘nikmalariga ega nomzodlar ishtirok etishi mumkin.

 

Yangi maslahatchilar 7–9-sinf o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish, yetakchilik ko‘nikmalarini shakllantirish va xalqaro oliygohlarga tayyorlanish jarayonida ularga yordam berish vazifalarini bajaradi. Shuningdek, ular loyihalar, treninglar va turli to‘garaklarni tashkil etishda ham faol ishtirok etadi.

 

Tanlovda qatnashmoqchi bo‘lganlar tanlov.uzedu.uz platformasi orqali ariza yuborishi lozim. Saralash test va suhbat bosqichlaridan iborat bo‘lib, ularni muvaffaqiyatli yakunlagan nomzodlar “Kelajak markazlari” jamoasiga qo‘shilish imkoniga ega bo‘ladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика