1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Kelajakda yoshlar Turk-Islom dunyosi taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydi”

Salim bin Muhammad al-Malik professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashdi.

“Kelajakda yoshlar Turk-Islom dunyosi taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydi”

Turk madaniyati va merosi jamg‘armasi tashabbusi bilan ICESCOning Bosh direktori doktor Salim bin Muhammad al-Malik Turkistonga safar doirasida Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro Qozog‘-Turk universitetining ilohiyot fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

“Adabiyot va sanʼat” portaliga Jamg‘armadan berilgan maʼlumotga ko‘ra, uchrashuvda ilm-fan va taʼlim sohasida hamkorlik istiqbollari, yosh avlodni diniy-maʼnaviy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, shuningdek, kelajakda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan qo‘shma loyihalar haqida atroflicha fikr almashildi.

 

Keyinchalik mehmonlar “Devonu lug‘otit turk” nomli Xalqaro ko‘rgazma bilan tanishdilar. Unda nodir eksponatlar, tarixiy qo‘lyozmalar va XI asrga oid turklarning madaniy qurilishiga oid buyumlar namoyish etilgan edi.

 

Taʼkidlash lozimki, ushbu ko‘rgazma 2025 yil 10 iyun kuni Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro Qozog‘-Turk universitetida Turk madaniyati va merosi jamg‘armasi hamda Turkiston viloyati hokimligi hamkorligida tantanali tarzda ochilgan.

 

Tadbir yakunida doktor Salim al-Malik talabalar bergan savollarga javob berdi, ularning ilm-fanga va maʼrifatga bo‘lgan qiziqishini yuksak baholab, yoshlarning kelajakda Turk-Islom dunyosi taraqqiyotida muhim rol o‘ynashlarini taʼkidladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика