Keniyadagi o‘rmonda cherkovning yana 22 nafar aʼzosi jasadi topildi. Ular o‘zlari va bolalarini ochlikdan o‘ldirishgan. Ular sekta rahbarlari tavsiyasi hamda bosimi ostida ochlik eʼlon qilishgan.
Jinoyat qidiruv boshqarmasining tibbiy ekspertlari va tergovchilari eksgumatsiya qilingan qoldiqlarni tekshirmoqda. Shu hafta davomida mutaxassislar o‘rmonda sayoz qabrlar qazishdi va yuzdan ortiq shunday jasadlarni topishdi. Yuzlab odamlar hali ham bedarak yo‘qolgan.
Jamiyat rahbari Pol Makkenzi hibsga olindi. U o‘z izdoshlarini 15 aprelda dunyoning oxiri bo‘lishiga ishontirgan. U terrorchilikda ayblanishi mumkin. Shuningdek, huquq-tartibot idoralari xodimlari odamlarning o‘limiga aloqadorlikda gumon qilingan 26 nafar shaxsni qo‘lga oldi, ular orasida diniy targ‘ibotchilar ham bor.
Keniya prezidenti Uilyam Rutoning buyrug‘i bilan ushbu ishni tekshirish uchun komissiya tuzildi. Shuningdek, diniy tashkilotlarni tartibga soluvchi qonunlarni ko‘rib chiqish uchun guruh shakllantirildi.


