Keniyada timsoh 16 yoshli o‘rta maktab o‘quvchisiga hujum qilib, suv ostiga sudrab ketdi. Jabrlanuvchi og‘ir jarohatlar olib, fojiali tarzda halok bo‘lgan.
Xabarlarga ko‘ra, voqea Bomet okrugida sodir bo‘lgan. Yigit daryo yaqinida bo‘lganida, to‘satdan paydo bo‘lgan yirtqich unga tashlanib, suv tubiga olib ketgan. Hodisaga guvoh bo‘lgan mahalliy aholi darhol qutqaruvchilarga xabar bergan.
Ko‘p o‘tmay bolaning jasadi topilgan. Tekshiruvlar shuni ko‘rsatdiki, o‘quvchining oyog‘i, ko‘krak qafasi va dumba qismida og‘ir jarohatlar bo‘lgan. Rasmiylar hududda timsohlar deyarli uchramasligini aytib, bu hodisani noodatiy deb baholamoqda. Taxminlarga ko‘ra, sudralib yuruvchilar Masai Mara qo‘riqxonasidan oziq-ovqat izlab qochgan bo‘lishi mumkin.
Keniya yovvoyi tabiatni muhofaza qilish xizmati ushbu dahshatli voqea yuzasidan tekshiruv boshladi. Aholi orasida qo‘rquv kuchaygan bo‘lib, mahalliy hokimiyat xavfsizlik choralari ko‘rishni rejalashtirmoqda. Hududda yovvoyi hayvonlar harakatini kuzatish va ehtimoliy xavflarning oldini olish maqsadida maxsus guruhlar joylashtirilishi kutilmoqda.


