1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Kia kompaniyasi O‘zbekistonda ikkita model narxini oshirdi

Endi “K5” sedanining narxi 276.9 million, “Seltos” krossoveriniki esa 256,9 million so‘mdan boshlanadi.

Kia kompaniyasi O‘zbekistonda ikkita model narxini oshirdi

 

Kia O‘zbekiston bozori uchun ikkita rusumdagi avtomobil narxlarini oshirdi. Bu haqida Spot nashri xabar berdi.

 

Unda aytilishicha, “Seltos” krossoveri va “K5” sedani narxi 15 million so‘mga oshgan. Mazkur modellar o‘tgan yili “ADM Jizzakh” zavodida ishlab chiqarila boshlangan edi.

 

Kia "Seltos” narxlarini konfiguratsiyaga qarab quyidagicha belgilaydi:

Luxe — 256 900 000 so‘mdan;

Style — 289 90 000 so‘mdan;

Prestige — 316 900 000 so‘mdan;

Premium — 339 900 000 so‘mdan.

 

Kia “K5” ning 5 xilini taqdim qilmoqda:

Comfort - 276,9 mln so‘mdan;

Luxe + - 325,9 mln so‘mdan;

Prestij + - 352,9 mln so‘mdan;

Uslub – 386,9 mln so‘mdan;

GT Line - 416,9 mln so‘mdan;

GT Line + - 436,9 mln so‘mdan.

 

Hozir O‘zbekistonda Kia‘ning yettita modeli – “Seltos”, “K5”, “Sorento”, “Soul”, “Stinger”, “Carnival” va “K8” modellari mavjud.

 

Avvalroq Yevropa avtobozorlarida savdo ko‘lami pasaygani, “ADM Jizzakh” MCHJda 10 xildagi yengil avtomobil yig‘ilayotgani hamda “Kia Uzbekistan” “K8” sedanini sotishni boshlagani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика