Unda aytilishicha, bu loyihaning ilk bosqichi bo‘lib, uning qiymati 12 million dollardan ziyod. Ayni vaqtda zavodning yillik ishlab chiqarish quvvati 25 ming donani tashkil qiladi. Zavod multibrendli bo‘lib, “KIA”, “Renault” va “LADA” rusumidagi 10 xil yengil avtomobil yig‘ilmoqda.
Bu mashinalar yuqori sifati, zamonaviy dizayni va shinamligi, tejamkorligi, servis xizmatlari arzonligi, boshqarish qulayligi bilan xaridorlarga maʼqul bo‘lmoqda. Avtomobillarga besh yillik kafolat beriladi. – deyiladi xabarda.
Hozirda korxonada 250 nafar mutaxassis faoliyat olib bormoqda.
2023 yilning birinchi choragida loyihaning ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan ikkinchi bosqichi ish ko‘lamini yana-da orttiradi. Mazkur davrga kelib kichik uzelli ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi. Yaʼni, 314 turdagi butlovchi qismlarni yasash, payvandlash, bo‘yash va yig‘ish yo‘lga qo‘yiladi.
“Natijada, zavod quvvati yiliga 100 ming donaga chiqadi. Shuningdek, 3 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi”, – deb yoziladi hokimlik saytida.
Bundan avval O‘zbekistonda “LADA Vesta CW” va “LADA XRAY” rusumli avtomobillar ishlab chiqarila boshlangani, “Kia Uzbekistan” “K8” sedanini sotishni boshlagani hamda “Renault” endi O‘zbekiston bozoriga ham chiqarilishi haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev


