Kiberxavfsizlik markazi tomonidan odamlar turli feyk xabarlardan ogohlantirilmoqda.
"Telegram messenjeri orqali turli kanal va guruhlarda “Payme” to‘lov tizimi nomidan foydalanib tarqatilayotgan "Payme Invest o‘zbek platformasiga xush kelibsiz. O‘zbekiston har bir fuqarosi turmush darajasini yaxshilash va mamlakat iqtisodiyotini tubdan o‘zgartirishga qaratilgan yangi loyiha" mazmunidagi xabarlar kelsa, aslo ularga ishonmang. Ushbu xabarlar yolg‘on", — deyiladi markaz xabarida.
Taʼkidlanishicha, firibgarlar Telegram messenjerida bir odamning akkauntidan havolani boshqalarga tarqatishga urinmoqdalar.
"Feyk xabarlarga aldanmang, batafsil maʼlumotlarni olish uchun bizning kanallarimizni kuzatib boring", deyiladi xabarda.


