1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Kim Chen In hamon Rossiyada

Unga raketa tashuvchi bombardimonchi samolyot sovg'a qilindi.

Kim Chen In hamon Rossiyada

 

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiya bo‘ylab sayohatini va mamlakatdagi qurollar bilan tanishishni davom ettirmoqda. Bu haqda 16-sentabr kuni Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Primoryedagi Knevich aerodromida Kim Chen Inga tur uyushtirgan.

 

Unga MiG-31I samolyoti va Rossiyada "gipersonik" deb ataladigan Kinjal aeroballistik raketasi ko'rsatildi.

 

Shimoliy Koreya yetakchisi Su-34 bombardimonchi, Su-30SM, Su-35S qiruvchi samolyotlari va Su-25SM3 hujumchi samolyoti bilan tanishdi.

 

Shuningdek, unga Tu-160 tovushdan tez strategik raketa tashuvchi bombardimonchi samolyoti, Tu-95MS turbovintli strategik raketa tashuvchi bombardimonchi samolyoti va Tu-22M3 uzoq masofali tovushdan tez raketa tashuvchi bombardimonchi samolyoti sovg‘a qilindi. Ushbu samolyotlarning barchasi Rossiya Federatsiyasi strategik yadroviy kuchlarining havo tarkibiy qismini tashkil qiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика