1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Kim Chen In Janubiy Koreya va AQSHni keskin tanqid qildi

Kim Chen In Shimoliy Koreya mudofaa qudratini mustahkamlashda davom etishini maʼlum qildi.  Bu haqda KXDR yetakchisi 11-oktabr kuni mudofaa sanoati mahsulotlari ko‘rgazmasidagi nutqida aytgan.

Kim Chen In Janubiy Koreya va AQSHni keskin tanqid qildi

 

 

"Bizning dushmanimiz -  Janubiy Koreya yoki AQSH kabi alohida davlatlar emas, aynan urushdir. Ammo bizning tinchlikparvar harakatlarimiz mudofaadan voz kechishimizni anglatmaydi", — degan Kim.

 

Shu bilan birga u Seul va Vashingtonni birgalikdagi harbiy mashg‘ulotlar uchun tanqid qildi. "Odatda Qo‘shma Shtatlar bizga nisbatan dushmanlik kayfiyati yo‘qligini aytadi. Ammo uning xatti-harakatlari bayonotlariga zid",— deb qo‘shimcha qilgan Kim Chen In. Shu bilan birga aynan Vashington pozitsiyasi tufayli Koreya yarimorolidagi vaziyatni barqarorlashtirish mushkul ekani qayd etilgan.

 

Shuningdek, Shimoliy Koreya yetakchisi Seulni ikkiyuzlamachilikda aybladi. Uning fikricha, Janubiy Koreya tinchlik va farovonlik haqida gapirib, o‘z harbiy salohiyatini kengaytirishda davom etmoqda. Kim agar janub Pxenyanning "o‘z-o‘zini himoya qilish huquqiga" dahl qilsa, qatʼiy qarshilikka uchrashini maʼlum qildi. Shu bilan birga ikki davlat o‘rtasidagi dahshatli urush qaytarilmasligi zarurligi taʼkidlangan.

 

Bundan avval Kim Chen In aholi turmush tarzini yaxshilashga topshiriq bergandi. Shuningdek, Janubiy Koreya va KXDR o‘rtasidagi aloqa tizimi  55 kunlik tanaffusdan so‘ng tiklangani xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика