1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Kim Chen In qizini voris sifatida eʼlon qilishi kutilmoqda

Mutaxassislar esa Kim Chen Inning yoshi va siyosiy vaziyatni hisobga olib, vorislik masalasida yakuniy xulosa qilishga shoshilmaslik kerakligini taʼkidlamoqda.

Kim Chen In qizini voris sifatida eʼlon qilishi kutilmoqda

 

Janubiy Koreya Milliy razvedka xizmati (NIS) maʼlumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In o‘z qizi Kim Ju-eni mamlakat boshqaruviga voris sifatida tayyorlayotgani taxmin qilinmoqda.

 

Yonhap axborot agentligi xabariga ko‘ra, Kim Ju-e so‘nggi vaqtlarda Armiya kuni tadbirlari, shuningdek, Kumsusan Quyosh saroyiga tashrif kabi muhim davlat marosimlarida muntazam ishtirok etmoqda. Shuningdek, u ayrim siyosiy masalalarni muhokama qilish jarayonlarida ham qatnashayotgani qayd etilgan.

 

Qayd etilishicha, avval NIS Kim Ju-e bo‘yicha “vorisni tayyorlash” atamasidan foydalangan bo‘lsa, hozirda “vorisni tayinlash bosqichi” iborasidan foydalanmoqda.

 

Razvedka maʼlumotlariga ko‘ra, Kim Ju-e taxminan 2013 yilda tug‘ilgan. Shuningdek, Kim Chen In oilasida yana farzandlar borligi ham aytilmoqda.

 

Shu bilan birga, ayrim mutaxassislar Shimoliy Koreyada mavjud qatʼiy siyosiy boshqaruv tizimi, Kim Chen Inning nisbatan yosh ekani va sog‘lig‘i bilan bog‘liq jiddiy muammolar yo‘qligini hisobga olib, vorislik masalasida yakuniy xulosaga kelish hali erta ekanini taʼkidlamoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика