1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Kim Chen In Rossiya bilan munosabatlarni yanada yaxshilashni buyurdi

U o'zining rasmiy tashrifi “Shimoliy Koreya va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarni yangi strategik bosqichga olib chiqqani va global geosiyosiy vaziyatga tub o‘zgarishlar kiritgani”ni ta’kidladi.

Kim Chen In Rossiya bilan munosabatlarni yanada yaxshilashni buyurdi

 

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiyadan qaytgach, Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi yig‘ilishini o‘tkazdi va “Rossiya bilan munosabatlarni chuqurlashtirish”ni buyurdi. Bu haqda Shimoliy Koreya davlat axborot agentligi Yonhap yozmoqda.

 

Xabar qilinishicha, Siyosiy byuro yig‘ilishida Kim ikki davlat o‘rtasida yaqin aloqalar va hamkorlikni mustahkamlash zarurligini ta’kidlagan.

 

Rasmiylar Kimning Rossiyaga tashrifi ahamiyatini tahlil qilib, rahbarning tashqi siyosiy faoliyatida erishgan muvaffaqiyatlarini amaliy va har tomonlama qo‘llash yo‘llarini muhokama qildilar.

 

Siyosiy byuro yig‘ilishida Kimning tashrifi “Shimoliy Koreya va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarni yangi strategik bosqichga olib chiqqani va global geosiyosiy vaziyatga tub o‘zgarishlar kiritgani” ta’kidlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика