1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Kim Chen In Shimoliy Koreyada o‘z joniga qasd qilishni taqiqladi – Mirror

Manbaga ko‘ra, Shimoliy Koreyada xalqning og‘ir hayoti tufayli ko‘plab ichki tartibsizliklar mavjud.

Kim Chen In Shimoliy Koreyada o‘z joniga qasd qilishni taqiqladi – Mirror

 

OAV maʼlumotlariga ko‘ra, Kim o‘z joniga qasd qilishni «sotsializmga xiyonat» deb atadi va mahalliy hokimiyatlarga profilaktika choralarini ko‘rishni buyurgan. KXDRdagi manbalarga ko‘ra, Shimoliy Koreya fuqarolari orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari o‘tgan yilga nisbatan 40 foizga oshgan.

 

"Shimoliy Koreyada xalqning og‘ir hayoti tufayli ko‘plab ichki tartibsizliklar mavjud", – deyiladi xabarda.

 

Maʼlum qilinishicha, ko‘rsatma berilganiga qaramay, joylarda mutasaddilar haligacha mavjud vaziyatga munosib yechim topa olishmagan.

 

"O‘z joniga qasd qilishlarning aksariyati o‘ta qashshoqlik va ochlik tufayli sodir bo‘lgan, shuning uchun hozir hech kim qarshi chora ko‘ra olmaydi", — deydi manba.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика