1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Kim Chen In yadroviy qarshi hujumga tayyorligini eʼlon qildi

Shimoliy Koreya "Xvason-18"ning ilk sinovlarini o‘tkazdi.

Kim Chen In yadroviy qarshi hujumga tayyorligini eʼlon qildi

 

Shimoliy Koreya qattiq yoqilg‘ida ishlaydigan qitʼalararo ballistik raketasi «Xvason-18»ning ilk sinovlarini o‘tkazdi.

 

Kim Chen In mamlakatning qarshi hujumga tayyorligini oshirishini, Shimoliy Koreyaning strategik to‘xtatuvchi kuchlarini qayta qurishini va Koreya yarim orolidagi vaziyatni keskinlashtirayotgan dushmanlariga javob qaytarishni vaʼda qildi.

 

KXDRning Davlat ishlari bo‘yicha raisi Kim Chen In birinchi sinovni shaxsan nazorat qildi. Uchirish marosimida Kim Chen Inning Kim Ju Ae ismli qizi, uning rafiqasi Li Sol Ju va singlisi Kim Yo Chjon ham ishtirok etdi.

 

Qayd etilishicha, uchirilish chog‘ida atrofdagi mamlakatlar xavfsizligi inobatga olingan, raketaning ikkinchi va uchinchi oyoqlari “kechiktirilgan ajratish” usuli yordamida baland burchak ostida uchayotganda ajratilgan. Sinov uchirilishi yangi strategik qurol tizimining harbiy sohadagi samaradorligini baholash uchun mo‘ljallangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика