1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Kim Chen In yangi raketani sinovdan o‘tkazdi

Mazkur qurilma 320 kmgacha bo‘lgan masofadagi nishonga tegishi aytilmoqda.

Kim Chen In yangi raketani sinovdan o‘tkazdi

 

18 sentabr kuni Shimoliy Koreyaning Raketa fanlari bosh boshqarmasi og‘irligi 4,5 tonna bo‘lgan o‘ta yirik kallakka ega yangi "Xvason-11da-4,5" taktik ballistik raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqida Koreya markaziy axborot agentligi xabar bermoqda.

 

"Sinov uchirilishining mohiyati o‘ta yirik kallakka ega raketaning 320 kmgacha bo‘lgan masofadagi nishonga tegishi aniqligini tasdiqlashdan iborat edi", — deyiladi xabarda.

 

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In sinovlarda qatnashdi va ularning natijalaridan mamnunligini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, "bunday sinovlar va qurol-yarog‘ quvvatining doimiy ortib borishi bevosita KXDR davlat xavfsizligiga tashqi kuchlar tomonidan jiddiy tahdid bilan bog‘liq".

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика