Shimoliy Koreyada mamlakatning yadro maqomi rasman belgilangan dekret qabul qilindi. Bu Pxenyanga tashqi agressiyaga uchragan taqdirda yadro zarbalari berish imkoniyatini taqdim etadi.
Bundan tashqari, Kim Chen In Koreya yarimorolini yadrodan holi hududga aylantirish bo‘yicha muzokaralardan ham voz kechgan. Yuqoridagi dekret Oliy xalq majlisining 7 sentyabrdagi yig‘ilishida qabul qilingan. U “yadro quroli bo‘yicha siyosat” deb ataladi. Unda KXDRning yadro qurolidan foydalanish bo‘yicha siyosati “hujumkor” deb atalgan.
Shuningdek, Kim Chen Inga hujum uyushtirilgan taqdirda ham ushbu turdagi quroldan foydalanishga ruxsat berilgan. Shu bilan birga bunday holatlar “tashqi agressiyaga qarshi eng so‘nggi chora” sifatida belgilangan.
KXDR rahbari mamlakat hech qachon yadro qurolidan voz kechmasligini maʼlum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH Shimoliy Koreya rejimini ag‘darishni maqsad qilgan. Kim Chen In hatto 100 yillik sanksiyalardan keyin ham taslim bo‘lmasligini aytgan.


