1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Kim Chen Inni o‘z fuqarosi sudga berdi

Bu holat tarixda ilk marotaba kuzatilmoqda.

Kim Chen Inni o‘z fuqarosi sudga berdi

1997-yilda Shimoliy Koreyadan qochgan, ammo 2008 yilda deportatsiya qilingan Choe Min-kyun Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inni hibsda bo‘lgan vaqtida qo‘pollik qilgani uchun sudga berdi. Bu haqida BBS nashri yozmoqda. 

 

Ayol 2012 yilda yana Shimoliy Koreyadan qochib, janubga joylashgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, boshidan kechirgan jarohati saqlanib qolgan va u dori ichishga majbur bo‘lgan. 

 

Shimoliy Koreyalik ayolning Seulda qo‘zg‘atilgan daʼvolari Shimoliy Koreya fuqarosining birinchi marta rejimga qarshi ochiqchasiga gapirganligi bo‘ladi.

 

Qayd etilishicha, avvalroq Janubiy Koreya sudlari janubiy koreyaliklarning daʼvolari bo‘yicha Shimoliy Koreyaga qarshi qaror chiqargan, biroq bu sud qarorlari Pxenyanda eʼtiborga olinmagan.

 

Choening daʼvo arizasida Kim Chen Indan tashqari yana to‘rt nafar Pxenyan rasmiysi ham ko‘rsatilgan. Shimoliy Koreyaning Inson huquqlari bo‘yicha maʼlumotlar bazasi markazi BMT va Xalqaro jinoiy sudga murojaat qilishni rejalashtirmoqda.

 

“Bu kichik qadam erkinlik va inson qadr-qimmatini tiklashda poydevor bo‘lishiga ishonaman, shunda hech bir begunoh fuqaro Shimoliy Koreyaning shafqatsiz rejimi ostida azob chekmaydi”, dedi Choe o‘zining harakatini tushuntirib.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика