Ustuvorlik asosida talabalar turar joylariga qabul qilinadigan talabalar ro‘yxati eʼlon qilindi.
Ular quyidagilar:
➖"Mehribonlik uylari" tarbiyalanuvchilari, qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar;
➖"Ijtimoiy himoya yagona reyestri", "Temir daftar" va "Ayollar daftari"ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari hamda "Yoshlar daftari"dagi talabalar;
➖I va I guruh nogironligi bo‘lgan talabalar;
➖bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi taʼlim shaklida ikki yoki undan ortiq to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalar farzandlari;
➖xalqaro fan olimpiadalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan Respublika fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar;
➖"Yil talabasi" va "Talabalar teatr studiyalari" ko‘rik-tanlovlarining Respublika bosqichi g‘olibi bo‘lgan talabalar;
➖oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinining Respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritganlar;
➖talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardorlari bo‘lgan talabalar.


