1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Kimyoviy moddalar miqdorini aniqlash uchun Toshkentdagi kanallarda suv sifati tekshirildi

Oldingi haftada o'tkazilgan tekshiruv natijalari bilan solishtirilganda ayrim kanallarda suv sifati o'zgargan.

Kimyoviy moddalar miqdorini aniqlash uchun Toshkentdagi kanallarda suv sifati tekshirildi

 

Toshkentdagi kanallar va uning atrofidagi suv omborlaridan 18-iyul kuni yer usti suvlaridan namunalar olib, tahlil qildi. Kimyoviy ifloslantiruvchi moddalar tarkibi suvning ifloslanish indeksi (SII) bo‘yicha o‘rganildi, deya xabar qildi “O‘zgidromet”.

 

Unga ko‘ra:

 

  • Boʻzsuv kanali — Teleminora hududi. Suv sifati  II sinf toza suvlar, SII -  0,99;
  • Qorasuv kanali — Furqat bogʻi hududida. Suv sifati  III sinf oʻrtacha ifloslangan suvlar, SII -  2,4;
  • Salar kanali —  Ekoparkdan quyida. Suv sifati III sinf oʻrtacha ifloslangan suvlar, SII - 2,13;
  • Anxor kanali —  Kichik xalqa yoʻlidan quyida. Suv sifati III sinf oʻrtacha ifloslangan suvlar,  SII – 1,65;
  • Boʻrijar kanali – Magic city bogʻi hududi. Suv sifati II sinf toza suvlar, SII – 0,76;
  • Chorvoq suv ombori – Suv sifati II sinf toza suvlar, SII - 0,63;
  • Tuyaboʻgʻiz suv ombori – Suv sifati III sinf oʻrtacha ifloslangan suvlar, SII- 1,75.

 

Eslatib o'tamiz, oldinroq ham Toshkentdagi kanallardagi suv sifati tekshirilgani haqida xabar berilgandi. Oldingi hafta bilan solishtirilganda Toshkent shahridagi kanallar va Toshkent viloyati suv omborlaridagi suv sifati muhim oʻzgarishlarga duch kelmadi. Faqat Anxor kanalida suv sifati SII boʻyicha biroz  yomonlashdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика