1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Kinokarvon guruhi Qashqadaryoda uchrashuvlarni boshladi

Bugun Yakkabog‘ tumanidagi “Saxovat” muruvvat uyida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

Kinokarvon guruhi Qashqadaryoda uchrashuvlarni boshladi

 

Bugun Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan Agentlik hamda Milliy kinematografiyani rivojlantirish Markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan taniqli kinoijodkorlardan iborat Kinokarvon guruhi Qashqadaryo viloyatida uchrashuvlarni boshladi.

 

Kecha Kinokarvon guruhi Shahrisabz shahridagi Madaniyat saroyiga tashrif buyurdi. Tashrifda yig‘ilganlar bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Suhbatda kinematografiya sohasidagi so‘nggi yangiliklar, turli janrlarda yaratilayotgan filmlar haqida so‘z bordi.So‘ng, Kinokarvon guruhidagi taniqli kinoijodkorlar bilan intervyular, jonli muloqot va fotosessiyalar tashkil etildi.

 

Bugun esa Yakkabog‘ tumanidagi “Saxovat” muruvvat uyida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda. Unda taniqli kinoijodkorlar ishtirok etib, bu yerda yashovchilar bilan yaqindan muloqotda bo‘lishdi. Tadbir davomida agentlik tomonidan 100 ta filmlar jamlanmasi tuhfa kilindi.

 

Oldinda Kinokarvon guruhi “Mahallada duv-duv gap” dasturi doirasida Qashqadaryo viloyatining turli hududlariga safar qiladi. Shuningdek, "Kinoklub" ixtisoslashtirilgan avtotransportlarida yangi milliy filmlar namoyishlari bo‘lib o‘tadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика