Kipr hukumati O‘rtayer dengizidan Italiyaga yo‘l olgan 300 nafar muhojirni qutqarganini ma’lum qildi, deb yozadi “Associated Press”.
Agentlik maʼlumotlariga koʻra, muhojirlar boʻlgan 18 metrlik kema Livandan suzib ketgan, biroq dushanba kuni tushdan keyin dvigatelda muammolar yuzaga kelganidan soʻng kapitan Kipr qutqaruv ishlarini muvofiqlashtirish markaziga avariya signalini bergan.
Kema bu vaqtda Kipr qirg'og'idan 203 km uzoqlikda edi. Muhojirlarni qutqarish uchun voqea joyiga vertolyot, harbiy-dengiz kuchlarining uchta kemasi va politsiya patrul kemasi jo‘natildi. Barcha muhojirlar yaqin atrofdagi yuk kemasiga olib ketilgan, ulardan hech biri jabrlanmagan.


