1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Kitoblarni pullik ijaraga berish Konstitutsiyaga zid — deputat

Rasul Kusherbayev darsliklarning ijara narxlari oshganiga munosabat bildirdi.

Kitoblarni pullik ijaraga berish Konstitutsiyaga zid — deputat

 

Avvаlroq joriy o‘quv yilida o‘rtacha bir dona darslik uchun yagona ijara to‘lovi 5707 so‘mni tashkil etayotgani, bu esa  o‘tgan yilgi miqdorga nisbatan 108 foizga qimmat ekani xabar qilingandi. Holatga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev munosabat bildirdi.

 

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyatsining 41-moddasida ‘Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi’, deb belgilangan.

 

Ushbu Konstitusion norma talablaridan kelib chiqilsa, davlat umumta’lim maktablarida ta’lim berish bilan bog‘liq barcha jarayonlar bepul hisoblanadi. Bunda darsliklar bilan o‘quvchilarni ta’minlash ham. 

 

Shu bois, maktablarda darslik kitoblarni pullik ijaraga berish ham Konstitusiyaga zid, deb hisoblaymiz. 

 

Bu bizning nuqtayi nazarimiz va uni to‘g‘ri deb hisoblaymiz. Biroq bu boradagi yakuniy xulosani Konstitusiyaviy sudimiz bildirganida yanada maqsadga muvofiq ish bo‘lardi”, — deydi deputat.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика