1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Kiyev aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin

Bu elektr ta’minotidagi uzilishlar bilan bog‘liq.

Kiyev aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin

 

Kiyev elektr ta’minotidan to‘liq uzilib qolgan taqdirda shaharning 3 mln aholisini “umumiy evakuasiya”ga tayyorlamoqda. Bu haqda shahar rasmiylariga tayanib, “The New York Times” nashri yozmoqda.

 

Qayd etilishicha, bu Rossiya zarbalari natijasida elektr ta’minoti obyektlarining shikastlanishi bilan bog‘liq.

 

“Biz butun elektr ta’minoti tizimini yo‘qotishimiz mumkin”, degan shahar xavfsizlik bo‘limining mahalliy direktori Roman Tkachuk.

 

Eslatib o‘tamiz, “Ukrenergo” yaqinda Ukrainani barqaror energiya bilan ta’minlash uchun soatlab o‘chirishlar yetarli emasligini xabar qilgandi. Bundan tashqari, Kiyev meri Klichko qishda shahar elektr energiyadan to‘liq uzib qo‘yilishi mumkinligini aytgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика