1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Kiyev va Tbilisi o‘rtasida yana bir janjal kelib chiqdi

Bu safar Mixail Saakashvili aybdor.

Kiyev va Tbilisi o‘rtasida yana bir janjal kelib chiqdi

 

Ukraina hukumati Gruziya elchisiga maslahatlashish uchun ketishni tavsiya qildi.

 

Saakashvili klinikadan video havola orqali 2007-yilda muxolifat mitingini tarqatishda ayblangan sud majlisida ishtirok etdi. U nihoyatda nosog'lom va ozg'in ko'ringan, Saakashvilining tasvirlari butun dunyo bo'ylab tarqaldi. Mazkur holat Kiyevni ham befarq qoldirmadi. Boisi, Saakashvili Ukraina fuqaroligiga ega. Zelenskiy tashqi ishlar vaziriga Gruziya elchisiga norozilik bildirishni va “keyingi 48 soat ichida o'z mamlakati rasmiylari bilan maslahatlashish uchun mamlakatni tark etish taklifini aytishni” buyurdi. Uning fikricha, sudlanuvchi Ukrainaga davolanish va parvarish uchun olib kelinishi kerak.

 

Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Prezident qarorini ekstremal, ammo adolatli chora deb atadi. 

 

“Diplomatiyada bu juda qiyin shakl, ammo Gruziya hukumati bunga loyiq”, - deydi u.

 

Ushbu qaror Gruziyani g'azablantirdi va buni ichki ishlarga aralashish deb atadi. 

 

"Ukraina rasmiylarining talabi ikki davlat oʻrtasidagi strategik munosabatlarga jiddiy putur yetkazadi va suveren davlatning ichki ishlariga toʻgʻridan-toʻgʻri aralashuvni ifodalaydi. Vaziyatning yanada keskinlashishi munosabatlarni boshi berk koʻchaga olib keladi", - deya ogohlantirdi Griziya TIV.

 

Tbilisi Saakashviliga tegishli tibbiy yordam ko'rsatilayotganini ta'kidlamoqda. 2022-yil may oyida u poytaxtdagi Vivamed klinikasiga o'tkazildi. U yerda, shifokorlarning fikriga ko'ra, Saakashvili muntazam ravishda davolanishdan va to'g'ri ovqatlanishdan bosh tortgan. Bu haqda rasmiylar ham, Saakashvilining yaqinlari ham xabardor qilingan.

 

Hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi raisi Irakliy Kobaxidze Kiyevning xatti-harakatlarini haqoratomuz deb hisoblaydi. 

 

"Bizning xohishimiz Ukraina rahbariyati bilan hech bo'lmaganda bir tomonlama do'stlik rejimida qolishdir", - dedi u. Ammo Saakashvilini ekstraditsiya qilish bo‘yicha har qanday maslahatlashuvlar istisno qilinmoqda.

 

Zelenskiy o‘tgan yilning mart oyida Tbilisi Ukrainani urushda qo‘llab-quvvatlashga yetarlicha ishtiyoq ko‘rsatmagani uchun Gruziyadan elchisini chaqirib olgan edi. Diplomatik missiyada faqat muvaqqat ishlar vakili qolgan.

 

Ekspertlarning fikricha, Tbilisi Saakashvilini Kiyevga topshirishi dargumon. Kiyev bu imkoniyatdan shunchaki o'z maqsadlari uchun foydalanmoqda.

 

Siyosatshunos Sergey Mixeyevning fikricha, Ukraina Gruziyadan nimanidir xohlamoqda: qurol-yarog', o'q-dorilar, sanksiyalar.

 

Mojaro sababchisi Mixail Saakashvili mamlakatni o‘n yil avval — prezidentlik muddati tugashidan oldin tark etgan. Unga nisbatan bir necha jinoiy ish ochilgan. 2018-yilda ikki marta sirtdan sudlangan. Hokimiyatni suiiste'mol qilgani uchun uch yil qamoq jazosi, yana olti yil esa parlament deputati Valeriy Gelashviliga hujum uyushtirgani uchun berilgan.

 

Bu vaqtga kelib Saakashvili allaqachon Kiyev bilan hamkorlik qilishga ulgurdi. Ammo 2017-yilda Poroshenko uni Ukraina fuqaroligidan mahrum qildi. Zelenskiy 2019-yilda unga fuqarolikni qaytarib berdi. Ze-komandaning iltimosiga ko'ra, gruziyalik siyosatchi islohotlar ijroiya qo'mitasini boshqargan, ammo 2021-yilda u yashirincha Gruziyaga kelgan va u yerda chegarani noqonuniy kesib o'tgani uchun hibsga olingan. Rustavi shahar qamoqxonasida u ochlik e'lon qildi. U yerdan sog'lig'i yomonlashgani sababli Tbilisidagi qamoqxona kasalxonasiga, keyin Goridagi harbiy gospitalga o'tkazildi, so'ngra - "Vivamed" klinikasiga. 

 

Hozirda Gruziyada ikkita ish ko‘rib chiqilmoqda. 2007-yilning noyabrida Tbilisida huquq-tartibot kuchlari minglab muxolifatning namoyishini tarqatib yubordi. Ayblov tomoniga ko‘ra, buyruq Saakashvili tomonidan berilgan, garchi uning bunday huquqi yo‘q bo‘lsa ham. Mumkin bo'lgan jazo besh yildan sakkiz yilgacha. Shuningdek, u davlatning to‘qqiz millionlari (uch million dollardan ortiq) mablag‘ini o'zlashtirgan deb hisoblanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика