Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasiga ko‘ra, 12-22-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan klublar o‘rtasidagi 2023-yilgi jahon chempionatiga Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladi. Saudiya Arabistoni sport vaziri shahzoda Abdulaziz bin Turki al-Faysal FIFA‘ning saudiyaliklarga turnir mezbonlik qilish imkoniyatini berish haqidagi qaroriga izoh berdi.
“Biz bunday imkoniyatdan faxrlanamiz va dunyoning eng kuchli futbol klublari va ularning muxlislarini qirolligimizda kutib olishdan xursand bo‘lamiz”, — dedi sport vaziri.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilda “Real Madrid” klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibiga aylandi. Turnir finalida Ispaniya klubi Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasini mag‘lub etdi. O‘yin 5:3 hisobida madridliklar foydasiga hal bo‘ldi.


