1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ko‘katlar ichida pirotexnika vositalari yashirilgani fosh bo‘ldi

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ko‘katlar ichida pirotexnika vositalari yashirilgani fosh bo‘ldi

 

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi, DXX va IIV tezkor xodimlari bilan hamkorlikda hamda yo‘l patrul xizmati xodimlari yordamida keng qamrovli tezkor tadbir o‘tkazildi.

 

Tadbir davomida Toshkent viloyati “Chinor” yo‘l patrul xizmati maskanida, fuqaro  boshqaruvidagi “KIA” rusumli bo‘lgan yuk avtotransport vositasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirildi.

 

Xodimlarni chalg‘itish maqsadida avtotransport yuk xonasining oldi qismiga xufiyona tarzda ko‘katlar ostida 9 dona karton qutilarda pirotexnika vositalari  yashirilganligi aniqlandi. Surishtiruv ishlar davomida ushbu pirotexnika vositalari xorijda ishlab chiqarilgan va chetdan noqonuniy olib kirilganligi ma’lum bo‘ldi.

 

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, aniqlangan salkam 86 ming dona pirotexnika vositalarining umumiy qiymati 200 mln. so‘mdan oshmoqda.

 

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика