Kollej va texnikumlarda 3 ta taʻlim shakli bo‘yicha o‘qish 17-oktyabrdan boshlanadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2022/2023-o‘quv yili uchun kollej va texnikumlarga sirtqi, kechki va dual ta’lim shakllari bo‘yicha Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarni kirish imtihonlarisiz to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilinadi.
2022/2023-o‘quv yilida kollej va texnikumlarga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha 36 140 nafar, kechki ta’lim shakli bo‘yicha 1 596 nafar, dual ta’lim shakli bo‘yicha 4 870 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tgan.
“O‘qishga kirgan abituriyentlar tegishli ta’lim muassasalarining qabul komissiyasiga murojaat etishlari so‘raladi”, — deyiladi xabarda.


