1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Kolumbiya prezidenti AQShga qarshi qonuniy choralar ko‘radi

Gustavo Petro AQSh tomonidan kiritilgan sanksiyalarni asossiz deb topib, sudga murojaat qilishga tayyor ekanini aytgan.

Kolumbiya prezidenti AQShga qarshi qonuniy choralar ko‘radi

Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro AQSh tomonidan sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgani bo‘yicha sudga murojaat qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, AQSh tomoni sanksiyalar sababini izohlab bera olmagan, shuningdek, Donald Trampning uni “giyohvand moddalar sotuvchisi” deb atagani haqidagi bayonot ham asossiz bo‘lgan.

 

Petro muzokaralar o‘tkazish uchun vaqt berishini aytdi, biroq hech qanday natija bo‘lmasa, qonuniy kurash boshlashga majbur bo‘lishini ta’kidladi. “Agar hech narsa o‘zgarmasa, AQShga qarshi qonuniy choralar ko‘raman. Vaqtim bo‘ladi, chunki tez orada prezidentlik muddati tugaydi”, — dedi u.

 

Eslatib o‘tamiz, 24-oktabr kuni AQSh Moliya vazirligi Petro, uning rafiqasi va o‘g‘liga nisbatan sanksiyalar joriy etgan edi. Bungacha AQSh prezidenti Donald Tramp kolumbiyalik hamkasbini “bandit, narkotik sotuvchi va yomon odam” deb tanqid qilgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика