1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Komil Allamjonov AQSH davlat kotibi yordamchisi bilan uchrashdi

O‘zbekistonga tashrifi doirasida Elizabet Tryudo Toshkentdagi Vebster universitetida “Ommaviy axborot vositalari mutaxassislari uchun ingliz tili” dasturi bitiruvchilari bilan suhbatlashadi.

Komil Allamjonov AQSH davlat kotibi yordamchisi bilan uchrashdi

 

O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Komil Allamjonov AQSH davlat kotibining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha yordamchisi vazifasini bajaruvchi Elizabet Kennedi Tryudo bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda davlat organlari ochiqligini taʼminlash, jamoatchilik bilan muloqot, feyk va yolg‘on axborotlarga qarshi kurashish, mass-media sohasini rivojlantirish, aholi mediasavodxonligini oshirish kabi masalalar muhokama qilindi va o‘zaro fikr almashildi

 

Maʼlumot uchun, O‘zbekistonga tashrifi doirasida Elizabet Tryudo Toshkentdagi Vebster universitetida “Ommaviy axborot vositalari mutaxassislari uchun ingliz tili” dasturining bitiruvchilari bilan suhbatlashadi.

 

Bundan tashqari, u mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, AQSH hukumati tomonidan moliyalashtirilgan almashinuv dasturlari bitiruvchilari bilan uchrashishni va Jizzaxdagi ayollar shelteriga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH davlat kotibi o‘rinbosari O‘zbekistonga kelishi xabar qilingandi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика