1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Kongress kutubxonasiga “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasi kitoblari taqdim etildi

Ushbu kitoblar Senat raisi tomonidan sovg‘a qilingan.

Kongress kutubxonasiga “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasi kitoblari taqdim etildi

 

Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston Senati delegatsiyasi AQSHga tashrifini boshladi. Bu haqda O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi xabar berdi.

 

Senat raisi dastlab AQSH Kongressi kutubxonasiga tashrif buyurgan. Elchixonaning maʼlum qilishicha, Norboyeva dunyoning ushbu mashhur kutubxonasiga “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasi doirasida nashr qilingan kitoblarni sovg‘a qildi. O‘zbekistonning AQSHdagi favqulodda va muxtor elchisi Javlon Vahobovning so‘zlariga ko‘ra, u Prokudin-Gorskiy suratlari to‘plamlari va Sharqshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti qo‘lyozmalari faksimilesi joylangan kitoblardan iborat.

 

Avvalroq Tanzila Norboyevaning AQSHga tashrifidan ko‘zlangan maqsad maʼlum qilingandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика